"Mazkur chegara nazorat-oʻtkazish punkti orqali harakatlanib kelgan fuqarolar va transport vositalari haydovchilari endilikda “Lenburg” chegara nazorat-oʻtkazish punkti orqali harakatlanishlari mumkin", — deyiladi xabarda.

“Lenburg” chegara nazorat-oʻtkazish punkti har kuni ertalab soat 06:00 dan kechki soat 22:00ga qadar faoliyat olib boradi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur chegara nazorat-oʻtkazish punkti faqatgina Oʻzbekiston hamda Qirgʻiz Respublikalari fuqarolari va transport vositalari harakati uchun moʻljallangan.