O‘zbekiston va Qirg‘iziston Energetika vazirliklarining qo‘shma bayonoti

    2021-yil 11-martda Qirg‘iziston Energetika va sanoat vazirligi hamda O‘zbekiston Energetika vazirligi, O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida imzolangan bayonnomaga muvofiq, elektr energiyasini o‘zaro yetkazib berish tasdiqlangan jadvallarga muvofiq amalga oshiriladi.

    Markaziy Osiyo mintaqasida suvning kamligi hisobga olinib, “Toʻxtagul” suv omborining oʻta ogʻir darajaga tushishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida tomonlar xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi kelishuvlarga asosan Turkmaniston gazidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi Qirgʻizistonga yetkazib berildi.

    Shu bilan birga, shartnoma asosidagi kelishuvlarga muvofiq, elektr energiyasini Turkmanistondan Qirgʻizistonga Oʻzbekiston energetika tizimi orqali tranzit qilish energetika tizimlarining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilmoqda.

    Taʼkidlash lozimki, tomonlarning xoʻjalik yurituvchi subyektlari oʻrtasida 2023-yilda Turkmaniston elektr energiyasi tranzitini taʼminlashga qaratilgan tegishli shartnomalar imzolangan.

    Ikki mamlakat Energetika vazirliklari va energetika korxonalari oʻrtasidagi hamkorlik oʻzaro hurmat va energetika tizimlari ishlash rejimining izchilligi tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda.