Eʼtiborli jihati shundaki, bu Qirgʻiziston Ombudsmanining lavozimga taynlanganidan keyingi xorijiy davlatlarga qilgan birinchi tashrifidir.

Oʻzaro muloqot davomida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ishchi-migrantlarning huquqlarini taʼminlanishiga koʻmaklashish kabi hamkorlik yoʻnalishlari belgilab olindi.

Shuningdek, Ombudsmanlar mamlakatda inson huquqlarini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, gender tengligini taʼminlash, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay sharoitlar yaratish va fuqarolar bilan ishlashda Vakil tomonidan yoʻlga qoʻyilayotgan yangi mexanizmlar borasida oʻzaro fikr almashishdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha

vakili (ombudsman) Axborot xizmati