Bu haqida Kinematografiya agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 13—18-sentyabr kunlari bo'lib o'tayotgan kinofestivalda dunyoning 40 ta davlatidan 500 dan ortiq kinematograflar ishtirok etmoqda. Kinofestival doirasida 150 ta badiiy, hujjatli va qisqa metrajli filmlar namoyish etiladi.

15-sentyabr kuni “O'zbek kino kuni” doirasida dunyoning bir qator davlatlari bilan 30 ga yaqin hamkorlik shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.