баннер
28 Mar 2025
20:11

    “Amir Temur va temuriylar” haqidagi filmning ayrim sahnalari Moʻgʻulistonda tasvirga olinadi

    “Tirik tarix” turkum filmlar doirasida suratga olinishi rejalashtirilayotgan Amir Temur va temuriylar haqidagi filmning ayrim qismlari Moʻgʻulistonda tasvirga olinishi rejalashtirilmoqda.

    Bu haqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Taʼkidlanishicha, kuni kecha Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev hamda Moʻgʻulistonning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Daadanxuu Batbaatar bilan uchrashuvda mazkur masalani muhokama qildi.

    Moʻgʻuliston tarixiy voqealar bilan bogʻliq muhim joylarga ega boʻlib, ushbu filmning ayrim sahnalari aynan shu hududlarda suratga olinishi rejalashtirilmoqda.

    Eslatib oʻtamiz, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Tirik tarix” turkum filmlar loyihasi 2024-2030-yillarga moʻljallangan strategik dastur boʻlib, eng qadimgi tariximizdan tortib, yaqin tariximizgacha boʻlgan muhim davrlarni qamrab oladi. Ushbu loyiha milliy oʻzlikni anglash, madaniy merosimizni keng targʻib qilish va yosh avlodga tarixiy bilimlarni yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech