Bu haqda “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali matbuot xizmati maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, mamlakatimiz bu yil koʻplab eʼtiborga molik yirik xalqaro tadbirlarning markaziga aylandi. Ularning oʻtkazilish sanalari Kinofestival kunlariga toʻgʻri keladi. Xususan, Futzal boʻyicha Jahon chempionati va bir nechta boshqa xalqaro forum va konferensiyalar shular jumlasidan.
Shuningdek, Kinofestivalning tanlov dasturida ishtirok etish uchun arizalar qabuli toʻxtatilganiga qaramay (60 dan ortiq davlatdan 400 dan ortiq filmlar), xorijiy mamlakatlardan ishtirok uchun talabgorlarning soʻrovlari davom etmoqda. Bu oʻz navbatida Kinofestivalni oʻtkazish kunlari bilan bogʻliq rejalarimizga oʻzgartirish kiritishni taqozo qilmoqda.
Oʻz ish rejalaringizni oʻzgartirishga majbur boʻlganingiz uchun yana bir karra uzr soʻragan holda, Kinofestivalga boʻlgan qiziqishingiz uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz, — deyiladi xabarda.