Koʻhna Xiva shahrida oʻtgan oliy darajadagi tadbirlar doirasida Prezidentlar Shavkat Mirziyoev va Qasim-Jomart Toqaev ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar, mintaqaviy ahamiyatga molik jihatlar yuzasidan fikr almashdilar.

“Xiva gilamlari” kombinati faoliyati, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar koʻrgazmasi bilan tanishildi.

Xiva shahridagi Ichan-qal'a majmuasining tarixiy obidalari va Nurillaboy saroyi ziyorat qilindi.

Urganch xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Prezidentimiz kuzatib qoʻydi. Soʻng davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.