Poytaxtimizda Oʻzbekiston va Quvayt tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum boʻlib oʻtdi

    Biznes 17 Oktabr 2024 466

    Joriy yil 16-oktyabrda Toshkent shahrida Oʻzbekiston va Quvayt oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga bagʻishlangan biznes-forum boʻlib oʻtdi.

    Tadbirda Oʻzbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari Akram Aliyev Quvayt kompaniyalari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik muhimligini taʼkidlab, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi va turizm sohalarida muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan loyihalarni qayd etdi.

    Qutlov soʻzi va taqdimotlar davomida mamlakatlarimiz oʻrtasida togʻ-kon sanoati, energetika, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik va logistika kabi muhim tarmoqlarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.

    Mamlakatda yaratilgan investitsiyaviy imkoniyatlardan foydalanish, jumladan, Markaziy Osiyoni global savdo markaziga aylantirish maqsadida 1000 dan ortiq davlat kompaniyalarini xususiylashtirish va logistika infratuzilmasini yaxshilash dasturida Quvayt tadbirkorlarining ishtiroki boʻyicha tashabbuslar koʻtarildi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.