Mazkur filial Butunrossiya davlat kinematografiya institutining ilk xorijiy bo'linmasidir. Oliy bilim yurti o'z faoliyatini O'zbekiston va Rossiya qonunchiligi, institut ustavi, uning buyruqlari, mahalliy normativ hujjatlar asosida yuritadi.

- Filialda 2021-2022 o'quv yilidan boshlab «Prodyuserlik» hamda «Dramaturgiya» ta'lim yo'nalishlariga talabalar qabul qilindi, - dedi filial  direktori vazifasini bajaruvchi eldor Yo'ldoshev. - Ularga sohaning etuk mutaxassislari dars bermoqda. SHuningdek, mutaxassislik va umumkasbiy fanlardan dars mashg'ulotlariga respublikamizda samarali faoliyat olib borayotgan professor-o'qituvchilar ham jalb etilgan. Filial an'anaviy va masofaviy dars mashg'ulotlarini tashkil etish va o'tkazish uchun etarli moddiy-texnik baza bilan ta'minlangan.

 Ayni paytda Rossiyada xizmat ko'rsatgan artist Farhod Mahmudov rahbarligida o'zbek milliy kino san'ati bo'yicha mualliflik ijodiy ustaxonasi tashkil etilmoqda. Mazkur ijodiy ustaxonada o'zbekistonlik 15 nafar talabani tanlov asosida o'qitilishi rejalashtirilgan.

Filial faoliyati yo'lga qo'yilganiga ko'p bo'lmagan bo'lsa-da, ta'lim sifatini muntazam oshirib borishga, xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yishga alohida ahamiyat qaratilib, qator natijalarga ham erishildi. Jumladan, 2021 yil 8-12 noyabr` kunlari Turkiyada bo'lib o'tgan «Korkut ata» kinofestivali doirasida Istanbul va “Bahcesehir” universitetlari bilan aloqalar o'rnatildi.  «Kinopost» majmuasining rahbari va «Belarusfil`m» milliy kinostudiyasining post-prodakshn bo'limi boshlig'i Evgeniy Levandovskiy va «Belarusfil`m» milliy kinostudiyasining etakchi mutaxasssislarining mahorat darslari tashkil etildi.

Talabalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida O'zbekiston kinematografiya agentligi, Hujjatli va xronikal fil`mlar kinostudiyasi bilan hamkorlikda «Matonat maktabi» loyihasi doirasida “Tokio-2020” Paralimpiya o'yinlari g'oliblari hayoti va faoliyatiga doir hujjatli fil`mlar tasvirga olish bo'yicha ijodiy ishlar tanlovi o'tkazildi. Loyiha doirasida talabalar tomonidan 5 ta hujjatli fil`m tasvirga olindi.

2022-2023 o'quv yilidan boshlab ushbu oliy ta'lim muassasasida  «Rejissyorlik», «Kino aktyorligi», «Kinooperatorlik», «San'atshunoslik» ta'lim yo'nalishlarida abiturientlarni o'qishga qabul qilish rejalashtirilmoqda.