Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni Energetika vazirliklari oʻrtasida kelishuv imzolandi

    Xalqaro hamkorlik 18 Avgust 2022 1289

    Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolandi.

    Bitim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni Podshohligiga davlat tashrifi doirasida imzolandi.

    Bitim Saudiya Arabistonining yirik energetika kompaniyalari bilan Oʻzbekistonda qayta tiklanadigan energiya, elektr stansiyalari, bugʻ-gaz qurilmasi, vodorod energetikasi, neft va gaz sohasida hamkorlik qilish uchun umumiy asos yaratishni nazarda tutadi.

    Hamkorlik yoʻnalishlari orasida energetika sohasini raqamlashtirish, atmosferaga issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish, mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha loyihalar ham kiradi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

    Ushbu Bitimning imzolanishi Saudiya Arabistoni kompaniyalarining energetika sohadagi insoniy va texnik salohiyati, tajribasi va yetakchiligini inobatga olgan holda ishlab chiqarish va tadqiqotlarni koʻpaytirish maqsadida investitsiyalarni oʻz ichiga olgan Oʻzbekiston-Saudiya energetika hamkorligining yangi bosqichiga qoʻyilgan tub qadamdir.