Vengriya tomoni maʼlumotiga koʻra, Kimyo, energetika va turdosh sanoat xodimlari kasaba uyushmalari federatsiyasi xususiy sektordagi eng yirik kasaba uyushma sanaladi. Federatsiya 1905-yilda tashkil topgan. Tashkilotga aʼzo kompaniyalar alyuminiy, kauchuk, farmatsevtika, gaz, qogʻoz, kimyo va avtomobilsozlik sanoatida faoliyat yuritadi.
Federatsiya Yevropa sanoat kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Butunjahon sanoat kasaba uyushmalari konfederatsiyasi aʼzosi hisoblanadi. Sloveniya, Xorvatiya, Slovakiya, Avstriya va Norvegiya kimyo sanoati kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qiladi.
Tamas Shekeli Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi bilan uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va sanoat sohasi xodimlarining mehnat huquqlarini himoya qilish sohasida tajriba almashishga tayyorligini bildirdi.
Vengriya kimyo, energetika va turdosh sanoat xodimlari kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbariyatiga shu yil noyabr oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi “Yagona ijtimoiy shartnoma: Yevropa va Markaziy Osiyo kasaba uyushmalari nuqtayi nazaridan” xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga taklifi bildirildi.
Muzokaralar natijasida Vengriya tomoni uzoq muddatli hamkorlikning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi bilan memorandum ishlab chiqish va imzolashga rozilik bildirdi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.