Safar chogʻida Oʻzbekiston vakillari Turkiya qishloq va oʻrmon xoʻjaligi vazirligi, urugʻchilik, koʻchat yetishtirish, tuproq tahlili, zararli oʻsimlik hasharotlari, virus va bakteriyalarga qarshi kurashish markaziy ilmiy-tadqiqot institutlari, referans laboratoriyasi, Turkiya urugʻ ishlab chiqaruvchilar uyushmasi (TÜRKTOB), sohani raqamlashtirish boʻyicha texnologik yechimlarni taklif etuvchi qator xususiy biznes vakillari bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Bundan tashqari, organik mahsulotlarni yetishtirish va qishloq xoʻjaligida yaxshi amaliyotni qoʻllash (GAP), tuproq tahlili
va xaritalarini tuzish, pestitsidlarni nazorat qilish hamda davlat tarafidan fermer va dehqonlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Turkiya tajribasi oʻrganildi.

Boʻlib oʻtgan uchrashuv va muzokaralar natijasida tomonlar oʻzaro elektron fitosanitariya sertifikatlarni yoʻlga qoʻyish, oʻquv-amaliy treninglar tashkil qilish, hamda karantin nazorati sohasida yaqindan hamkorlik oʻrnatishga kelishib oldi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.