30-mart, dushanba kuni musobaqa gʻolibligi uchun Oʻzbekiston va Venesuela oʻrtasidagi bahs boʻlib oʻtdi. Uchrashuv “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtdi. Asosiy vaqt 0:0 hisobida yakunlandi.
Penaltilar seriyasida 5:4 hisobida Oʻzbekiston terma jamoasi gʻalaba qozondi.
Guruhdagi ikkinchi bahsda Gabon penaltilar seriyasida Trinidad va Tobago ustidan 3:2 hisobida ustun keldi. Uchrashuv asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlandi.
Bu natijalardan soʻng, Oʻzbekiston 5 ochko bilan birinchi, Venesuela 4 ochko bilan ikkinchi, Gabon 2 ochko bilan uchinchi, Trinidad va Tobago 1 ochko bilan soʻnggi oʻrinni egalladi.