Ayni vaqtda turli yosh toifasidagi mamlakat terma jamoalari tarkibi aʼzolari 154 nafarni tashkil etadi.
2017-yilda Eronda oʻtkazilgan klublar oʻrtasida Osiyo chempionati bahslarida vakillarimiz 9-oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlsa, 2018-yil Xitoyda tashkil etilgan oʻsmir qizlar oʻrtasida Osiyo chempionatida faxrli 5-oʻringa sazovor boʻlgan.
2019-yili Nepalda oʻtkazilgan Markaziy Osiyo hududiy musobaqasida 2-oʻrin, 2021-yili oʻsmir qizlar oʻrtasida Markaziy Osiyo chempionatida 1-oʻrin, erkaklar oʻrtasida Osiyo chempionatida 12-oʻrin, klublar oʻrtasida Osiyo chempionatida 9-oʻrin, Markaziy Osiyo chellenj kubogida ayollar 2-oʻrin, erkaklar terma jamoasi 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Oʻzbekiston hozirda Osiyo voleybol konfederatsiyasi reytingida 64 ta davlat orasida 24-oʻrinni egallab turibdi. Jahon reytingida esa ayollarimiz 120-oʻrinda borayotgan boʻlsa, erkaklar termamiz 222ta davlat orasida 87-pogʻonadan joy olgan.
Yurtimizda voleybol bilan shugʻullanuvchilarning umumiy soni 48 618 nafarni tashkil etmoqda. Hakamlar – 115 nafar, trenerlar esa 790 nafarni tashkil etadi.
Joriy yil erkaklar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatida 14 ta, ayollar oʻrtasida mamlakat chempionatida 9 ta jamoa bahslarga kirishdi.