Filmda Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodi haqida hikoya qilinadi.
12-14-mart kunlari ijodiy guruh suratga olish joylari bilan tanishish maqsadida Fargʻona viloyatida boʻlishdi. Hozirda filmning syomka jarayonlariga tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, mazkur film “Xalq yuragi” turkum hujjatli filmlar doirasidan oʻrin olgan.
Film ssenariy muallifi Xurshid Doʻstmuhammad, rejissyor Abduxalil Mingnorov, operator Aziz Arziqulov, kartina direktori Ahmadjon Unarboyev.
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati