Tahlilchilarning bunday fikrga kelishlarini mamlakatning Covid-19 tufayli yuzaga kelgan inqiroz taʼsiridan joriy yilda chiqib ketishi bilan izohlamoqda. 2020-yilda mahalliy iqtisodiyot anchayin larzalarni boshidan kechirganiga qaramay, pandemiyadavrida barqarorligini namoyon etdi va tanazzuldan narida turgan dunyodagi kamsonli davlatlar qatoridan joy oldi.

Bu, oʻz navbatida, tez orada iqtisodiy oʻsish poydevorini yaratish imkonini beradi. Agentlikning taʼkidlashicha, asosiy kapitalga yoʻnaltiriladigan sarmoyalar miqdori 14 foizga oshadi.Chunki, korxonalar ishllab chiqarishni kengaytirib boryapti, hukumat esa, yangilanish va modernizatsiya boʻyicha belgilab olgan ulugʻvor dasturlarini izchil amalga oshiryapti.

Ekspertlar eksportning 12 foizga oʻsishini bashorat qilishar ekan, buni Oʻzbekistonning eng yetakchi savdo hamkori boʻlgan Xitoyning ortib borayotgan ehtiyoji bilan bogʻlashoqda.

Bundan oldin Spot Markaziy bankning 2021-yilga doir prognozlarini eʼlon qilib, keyingi yillarda ilk bor bu boradagi raqam bir birlikda ifodalanishi mumkinligi haqidagi maʼlumotni eʼlon qilgan edi.