“O'zbekiston yoshlari hukumat darajasida qaror qabul qilishda faol ishtirok etmoqdalar”

    Keyingi avlod 29 Iyun 2020 12174

    “YUksalish” Umummilliy harakati, O'zbekiston YOshlar ittifoqi hamda U-Report loyihasining hamkorlari YOshlar kuniga bag'ishlab o'tkazayotgan onlayn muloqot ayni shu mavzuga bag'ishlandi.

    O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari, BMT agentliklari hamda davlat va jamoatchilik tashkilotlari rahbarlari, shuningdek mamlakatning barcha hududlaridan yigit qizlar mavzuga oid masalalarni hukumat va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan muhokama qilmoqdalar.

    Xususan, U-Report platformasi orqali O'zbekistondagi davlat organlari va yoshlar o'rtasidagi muloqotlar natijalari, yoshlarning fikr va mulohazalari asosida davlat organlari tomonidan amalga oshirilgan amaliy tadbirlar natijalari so'z yuritilmoqda. YOshlar hayotiga oid masalalarning echimini birgalikda topishda hukumat va ularni bir-birlariga yaqinlashtirishda U-Report platforasining tutgan o'rni e'tirof etildi.

    So'zga chiqqanlar joriy islohotlarni amalga oshirishga oid qarorlarni qabul qilishda yoshlarning ovozi muhim ekanligini ta'kidladilar. Jumladan, Adliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Oila” markazi, “YUksalish” UMH hamda boshqa davlat va jamoatchilik tashkilotlari vakillari so'zga chiqdilar. Ular U-Report so'rovlari jarayonida yoshlarning bildirgan fikrlari asosida amalga oshirilgan ishlarning natijalari to'g'risidagi ma'lumotlar bilan o'rtoqlashdilar.