баннер
18 Mar 2025
16:47

    Oʻzbekistonda IELTSdan 8,5-9 ballga erishganlar 23,7 baravarga oshdi

    Xorijiy tillar boʻyicha yuqori natijaga erishgan yoshlarga 80 mlrd 42 mln soʻm kompensatsiya pullari qoplab berildi, deb yozadi Yoshlar ishlar agentligi axborot xizmati.

    Xabarga koʻra, 42 779 nafar yoshning imtihon topshirish xarajatlari toʻliq qoplab berilgan.

    Muhim jihati, 2024-yilda birgina IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 2020-yilga nisbatan 5 baravarga, 7-8 ball (C1 daraja)ni qoʻlga kiritganlar 7,4 baravarga, 8,5-9 ball (C2 daraja)ga erishganlar esa 23,7 baravarga oshgani kuzatildi.

    Shuningdek, tizimda yoshlar yana bir yangi imkoniyat yaratildi.

    Prezidentimizning tegishli qaroriga asosan, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari boʻyicha imtihon topshirish xarajatlari qoplab beriladigan minimal daraja bir pogʻonaga yaʼni B2 va unga tenglashtirilgan darajaga tushirildi hamda imtihon xarajati qoplab berilishi yoʻlga qoʻyildi.

    Eslatib oʻtamiz, 18 ta xalqaro imtihon tizimida yuqori natijaga erishgan yoshlar imtihon xarajatlarini “Xazna” ilovasi orqali qaytarib olishlari mumkin.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech