Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, kechga tomon yomgʻir qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–4 daraja iliq, kunduzi 5–7 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻistonda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4–9 daraja sovuq, kunduzi 1–6 daraja sovuq boʻladi.
Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir qorga aylanadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0–5 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir qorga aylanadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 2–7 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir qorga aylanadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik boʻladi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi, tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda sekundiga 15–20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.