баннер
15 Apr 2025
17:38

    Oʻzbekistonda 2025-yil uchun zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori eʼlon qilindi

    Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining milodiy 2025 (hijriy 1446) yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori boʻyicha qarori qabul qilindi.

    Qarorga koʻra:

    Zakot nisobi

    Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bu yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobini ≈ 85 gramm 585 probali tillaning qiymatidan kelib chiqib 61 200 000 (oltmish bir million ikki yuz ming) soʻm deb belgiladi.

    Shunga koʻra, kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari kamida 61 200 000 (oltmish bir million ikki yuz ming) soʻm qiymatidagi pul mablagʻi yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli boʻlsa, jami mablagʻining qirqdan biri (2,5 foiz)ni zakot niyatida haqdorlarga beradi.

    Fitr sadaqasi miqdori

    Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:

    • 2 kg bugʻdoy unidan – 10 000 (oʻn ming) soʻm;
    • 4 kg arpadan – 16 000 (oʻn olti ming) soʻm;
    • 2 kg mayizdan – 110 000 (bir yuz oʻn ming) soʻm;
    • 4 kg xurmodan – 180 000 (bir yuz sakson ming) soʻm deb belgilandi.

    Har kim oʻz imkoniyatiga qarab ushbu toʻrt mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fitr sadaqasi niyatida bersa kifoya qiladi.

    Fidya miqdori

    Bir kunlik fidya miqdori fitr sadaqaning miqdori bilan bir xil boʻladi.

    Shunday ekan, har kim oʻz imkoniyatiga qarab ushbu toʻrt mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fidya niyatida bersa kifoya qiladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech