U 5-noyabr kuni AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda bu fikrini izohladi.
«Kambagʻallik koʻrsatkichi ikki turga boʻlinadi. Global kambagʻallik va milliy kambagʻallik koʻrsatkichi. Global kambagʻallik darajasini jahon banki belgilaydi. Jahon banki tadqiqotlariga koʻra, kambagʻallik 3,2 AQSH dollarida belgilagan. Yuqori va oʻrta rivojlanayotgan davlatlar esa kambagʻallik chegarasi 5,5 dollarni tashkil etadi.
3,2 dollar 5 600 soʻmga tenglashtirilganini sababi toʻlov koyeffitsiyenti hisobga olingan. Masalan, Amerikada 1 ta non 20 dollar boʻlsa, Oʻzbekistonda 2 sentga teng. Bu global kambagʻallik koʻrsatkichi. Lekin bu koʻrsatkich Oʻzbekistonda amal qiladi deb hechkim aytgani yoʻq. Bu kambagʻallikni oʻlchash uchun shunchaki oʻlchov, koʻrsatgich edi», — deydi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov.