Oʻzbekistonda 6 milliondan ortiq kishi vaksina qabul qildi, reja — 21 million nafar

    Salomatlik 23 Iyul 2021 759

    Ayni daqiqalarda AOKAda “COVID-19”ga qarshi vaksinalarning aholi salomatligiga taʼsiriga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazilmoqda.

    Anjumanda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Nurmat Otabekovning maʼlum qilishicha, Oʻzbekistonda 21 million fuqaroni emlash rejalashtirilgan.

    «Biz shu kunga qadar 1 million 34 ming kishini toʻliq emlab boʻldik. Vaksina qabul qilgan insonlarning jami soni esa 6 million nafardan oshdi (bu raqam ichida bir, ikki va uch marta vaksina olganlar bor).

    Oʻzbekistonda bugungi kunda 4,1 mingta emlash punktlari faoliyat koʻrsatyapti. Afsuski, biz bir kunda 19 kishinigina emlayapmiz xolos. Aslida esa imkoniyatimiz kuniga 70 odamni emlashga yetadi», — deya taʼkidladi Otabekov.