Ta'kidlanishicha, so‘nggi haftada O‘zbekistonda mintaqamiz uchun avgust oyining oxiriga xos bo‘lmagan ob-havo bo‘ldi. Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda momaqaldiroq va shamolning kuchayishi bilan birin-ketin nam havo kirib keldi.
Ammo bugun, bayram kunlari arafasida, butun respublika bo‘yicha ertalab yomg‘ir to‘xtadi va osmon asta-sekin bulutlardan tozalanmoqda.
Bugun va 1-3-sentabr bayram kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzi 25-30° bo‘lgan juda qulay harorat kuzatiladi. Ertalab sezilarli darajada salqin, harorat 14-17° atrofida bo‘ladi.
Poytaxtimizda: 31 avgust, 1-2-sentabr kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi, 3 sentyabrda bulutlilik biroz kuchayadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi 26-29°, kechasi 15-17° bo‘ladi.