Videokonfrentsiya Hindistonning Emmay Enterainment prodyuserlik kompaniyasi tomonidan umumiy byudjeti 9 million dollarlik veb-serial loyihasi bo'yicha tashkil etildi. Hindiston tomonidan taxminan 1 million dollar mablag' O'zbekistondagi suratga olish ishlari uchun ajratiladi.

Tasvirga olish ishlarining ma'lum qismi yurtimizning Buxoro, Xiva, Samarqand viloyatlarida amalga oshirilishi kelishib olindi. Mavjud epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, suratga olish ishlarining taxminiy sanasi ham muhokama qilindi.  

SHuningdek, hindistonlik kinomutaxassislar xalqaro parvozlar bilan bog'liq vaziyatning barqarorlashishiga umid qilgan holda, joriy yilning kuzida O'zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirishayotganini ma'lum qilishdi. 

Ushbu nufuzli loyiha kelajakda mamlakatlar o'rtasidagi hamkorlikning yanada mustahkamlanishiga zamin yaratadi.