Mazkur qoidalar bilan O'zbekiston Respublikasi hududida rezidentlar va norezidentlar hamda respublikamiz hududidan tashqaridagi rezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari bilan bog'liq normativ-huquqiy hujjatlar umumlashtirilmoqda.

Xususan, loyihada tijorat banklari tomonidan rezidentlar va norezidentlarning chet el valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish, ichki valyuta bozorida xo'jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan chet el valyutasini sotish va sotib olish, shuningdek, jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash hamda O'zbekiston Respublikasi hududida naqd pul shaklidagi chet el valyutasi bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartiblari belgilangan.