Elektromobillarni respublika hududida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va 2030-yilga borib respublikada sotilayotgan avtotransport vositalarining kamida 15 foizini elektromobillar tashkil etishiga erishish maqsad qilingan.

Elektromobillar va elektrobuslarni (M1, M2, M3, N1, N2, N3 kategoriyadagi, keyingi oʻrinlarda – elektromobillar) xarid qilish va ulardan foydalanishni ragʻbatlantirish maqsadida 2022-yil 1-apreldan 2030-yil 31-aprelgacha qadar:

quvvatlantirish stansiyalari hamda ularning har biri atrofida kamida ikkita elektromobil uchun toʻxtash joyi joylashgan yer uchastkalari yer soligʻi toʻlashdan ozod etiladi;

yuridik shaxslarning mijozlarni jalb qilish uchun quvvatlantirish stansiyalarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlari, daromad soligʻini hisoblashda chegirib tashlanadigan xarajatlar hisoblanadi. Bunda, ushbu chegiriladigan xarajatlar soliq solinadigan bazaning 2 foizidan oshmasligi lozim;

elektromobillarni respublika hududiga olib kirishda ular bojxona bojidan ozod qilinishi maʼlumot uchun qabul qilinib, ishlab chiqarilgan sanasi bir yildan oshmagan elektr dvigatelda harakatlanuvchi avtomototransport vositalarini “erkin muomalaga chiqarish” (import) bojxona rejimida rasmiylashtiradigan jismoniy va yuridik shaxslar

2027-yil 1-yanvarga qadar utilizatsiya yigʻimi toʻlashdan ozod etiladi;

respublika hududiga olib kiriladigan elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari, ularning komponentlari va servis infratuzilmasi texnologik asbob-uskunalari bojxona bojidan (bojxona rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno) ozod qilinadi.