Muloqotda O‘zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Saudiya Arabistoniga eksport hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.  «BMB Trade Group» kompaniyasi  dalalarida yetishtirilayotgan zaʼfaron  mahsuloti yuzasidan batafsil taqdimot o‘tkazildi.

«Vision Development» kompaniyasi bosh direktori Mujahid Xan Arbab Xan  «BMB Trade Group» kompaniyasining zaʼfaron va quritilgan mevalarini Saudiya Arabistoniga import qilishga  qiziqish bildirdi. U, shuningdek, o‘zbek kompaniyasining Saudiya Arabistonida dilerlik xizmatini ko‘rsatishga tayyorligini taʼkidladi.