O'zbekistonda IELTSdan ilk bor 9 ballik natija qayd etildi

    Oʻquv markazi asoschisi Bekzod Mirahmedov Oʻzbekistonda xalqaro ingliz tilini baholash tizimi (IELTS)dan maksimal 9 ballni qoʻlga kiritdi.

    Bu haqida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev rasmiy sahifasida yozdi.

    Bekzod Mirahmedov 3-mart kuni oʻzining Instagram sahifasida sertifikatni qabul qilib olgani haqida video joylagan. Aytish kerakki, bu Oʻzbekiston uchun eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi.

    Mirahmedov IELTS imtihonining 3 ta qismi — Listening (tinglab tushunish), Speaking (soʻzlash) va Reading (oʻqib tushunish)dan 9 ball, Writing (yozish) imtihonidan esa 8 ballni qoʻlga kiritgan.

    A.Saʼdullayevning yozishicha, IELTS kabi xalqaro imtixonlardan 7.0 va undan yuqori ball olgan yoshlarning imtixon pullari kompensatsiya qilib berilmoqda. Ularning soni hozirda 10 mingdan oshgan.