Taqqoslash uchun, shu paytgacha butun boshli tizimda atigi 15 nafar ayol bunday yuksak eʼtirofga erishgan edi. Bu shunchaki raqamlar emas, bu — davlat rahbarining gender tenglikni mustahkamlash va odil sudlovda xotin-qizlar oʻrnini oshirishga qaratilgan siyosatining amaldagi natijasidir.

Taqdirlash marosimida soʻz olgan Saida Mirziyoyeva muhim yangilikni maʼlum qildi:

“Mamlakatimiz tarixida ilk bor Oʻzbekiston ayol sudyalari assotsiatsiyasi tashkil etildi va men ushbu voqea munosabati bilan barchamizni samimiy qutlayman”.

Odil sudlovda ayollarning koʻpayishi tizimning yanada shaffof, jamiyat uchun ochiq boʻlishini taʼminlaydi. Soʻnggi 10-yilda yurtimizda ayol sudyalar soni 2 barobarga oshib, tizimdagi ulushi 15 foizga yetdi. 2030-yilgacha bu koʻrsatkich 30 foizga yetkaziladi.

Ayol sudya boʻlish — bu shunchaki kasb emas, balki adolat va insonparvarlikni oʻzida jamlagan yuksak masʼuliyatdir. Ushbu tarixiy eʼtirof sud tizimimizda gender tenglik asosidagi yangi madaniyatni shakllantiradi va minglab yosh qizlarimiz uchun kuchli motivatsiya boʻlib xizmat qiladi.