Qayd etilishicha, Markazga qozogʻistonlik bemor gonad venalaridagi reflyuks tashxisi bilan murojaat qildi. Markazning qon tomir jarrohlari va endovaskulyar xirurglari tomonidan unga muvaffaqiyatli embolizatsiya amaliyoti bajarildi.
Gonad venalari reflyuksi — qorin pastki qismida qonning orqaga qaytishi boʻlib, ayollarda surunkali qorin ogʻrigʻi va noqulaylikka sabab boʻladi. Embolizatsiya usuli esa venani yopib, qon oqimini sogʻlom tomirlarga yoʻnaltiradi.
Natijada bemorda qon aylanishi tiklandi va asoratlarning oldi olindi.
Ushbu amaliyot Oʻzbekistonda birinchi marta bajarilgani bilan ahamiyatli boʻlib, bemorlarga chet elga chiqmasdan davolanish imkonini yaratdi.