Konferentsiya O'zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan qayta tiklangan «Ipak yo'li durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida tashkil etildi. Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filialining ochilishiga bag'ishlab o'tkazilgan anjumanda bir qator xorijiy oliy ta'lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

Mehmonlar kinofestival` doirasida o'tkazilayotgan bir qator tadbirlar haqida so'z yuritishdi. SHuningdek, Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent filiali ochilishini kino sohasidagi katta yangilik, deya ta'kidlashdi. 

Konferentsiya davomida Qozoq ilmiy-tadqiqot madaniyat instituti bosh direktori Andrey Xazbulatov, Istanbulning Baxchishir universiteti kino departamenti rahbari Nilay Ulusoy, Novosibirsk davlat arxitektura, dizayn va san'at universiteti rektori Bagrova Natal`ya kabi oliy ta'lim muassasalalari rahbarlari o'z fikrlarini bildirishdi.