Oʻzbekistonda koʻchmas mulk bozoridagi faollik karantindan oldingi darajaga qaytdi

    Urbanizatsiya 16 Sentabr 2021 1277

    Koʻchmas mulk oldi-sotdi surʼatlari oʻrtacha darajada oʻsishni boshladi va avgust oyida sotib olish faoliyatiga taʼsir etuvchi asosiy omil epidemiologik vaziyatning bosqichma-bosqich yaxshilanishi va mavsumiy taʼtillarning tugashi boʻldi.

    2021-yilning avgust oyida Oʻzbekistonda koʻchmas mulk oldi-sotdisi boʻyicha 21,8 ming dona shartnomalar rasmiylashtirildi. Bu iyul oyiga (18,1 ming) nisbatan 20,6% ga koʻpaydi. Shu bilan birga, 2020-yilning mos davriga (15,6 ming) nisbatan oʻsish 39,5% ni tashkil etdi.

    Hududlarga keladigan boʻlsak, joriy yilning iyul oyiga nisbatan barcha hududlarda oʻsish kuzatildi.

    Koʻchmas mulk oldi-sotdisining eng yuqori oʻsish surʼatlari Buxoro (37,4%), Qashqadaryo (33,1%), Andijon (31,5%) va Surxondaryo (25,9%) viloyatlarida qayd etildi.

    Taʼkidlash joizki, mamlakatda koʻchmas mulk bozori tiklanish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtmoqda va bozordagi faollik nafaqat karantindan oldingi darajaga qaytdi, balki sezilarli darajada oshdi. Shunday qilib, avgust oyidagi Respublika boʻyicha koʻchmas mulk savdolari 2019-yilning avgust oyiga nisbatan 30,8%ga oʻsgan boʻlsa, Toshkent shahrida ushbu koʻrsatkich 66%ni tashkil qildi.

    Koʻchmas mulk bozorida bitimlar soni koʻpayishining asosiy sabablari – epidemiologik vaziyatni yaxshilanishi va iqtisodiyotga bosim oʻtkazadigin karantin cheklovlarining yengillashtirilishidir. Shuningdek, taʼkidlash kerakki, ommaviy emlash ham talabni tiklanishiga yordam beradi.

    Koʻchmas mulk bozorining jonlanishga sabab boʻlgan boshqa omillar qatoriga – taʼtil mavsumining tugashi va faol ish mavsumining boshlanishi ham kiradi.

    Xalilulloh Hamidov,

    Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Sektor mudiri