Oʻzbekistonda koʻchmas mulk narxi keskin oshmaydi(mi?)

    Urbanizatsiya 12 May 2021 1086

    Yanvar-aprel oylarida koʻchmas mulkka boʻlgan talabning oshishi Oʻzbekistonda iqtisodiy faollik toʻliq tiklanganligini koʻrsatmoqda.

    Aprel oyida mamlakatda koʻchmas mulk boʻyicha 20,8 mingta shartnomalar rasmiylashtirilgan. Bu esa mart oyiga nisbatan 2,5% ga, 2019-yilning aprel oyiga nisbatan 28,1% ga koʻproqdir.

    Koʻchmas mulk bozorining 30%dan ortigʻi Toshkent shahriga toʻgʻri keladi. Joriy yilning aprel oyida poytaxtda tuzilgan shartnomalar soni 6,76 mingtani tashkil etdi. Bu mart oyiga nisbatan 9,5%ga, 2019-yilning shu davridan esa 83,4%ga koʻpdir.

    Qurilish hajmi oshishining asosiy omili sifatida aholining uy-joyga boʻlgan yuqori talabi boʻlib qolmoqda.

    Ayni vaqtda uy-joy narxining oshishi kutilmayapti, chunki hukumat tomonidan uy-joylar kvadrat metrining narxi 4 million soʻmdan oshmasligini taʼminlash vazifasi qoʻyildi. Bunga arzon qurilish materiallari bilan taʼminlashni yoʻlga qoʻyish orqali erishish rejalashtirilgan.