Vazir oʻz nutqida elchi xonim Garsiya Silvani elchi sifatida yangi lavozimiga tayinlangani bilan qutlab, ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashga qoʻshadigan faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.
Muloqot jarayonida tomonlar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar.
Ikki mamlakat oʻrtasida ilmiy tadqiqotlar, yangi texnologiyalarni joriy etish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish borasida keng qamrovli hamkorlik qilish imkoniyatlari mavjudligi taʼkidlandi. Xususan, turizm va qishloq xoʻjaligi sohalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilib, bu sohalarda qoʻshma taʼlim dasturlarini ishlab chiqish taklif etildi.
Shuningdek, uchrashuvda turizm va qishloq xoʻjaligi sohasida kadrlar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etishi, bu yoʻnalishlarda ilmiy-amaliy almashuvlar yoʻlga qoʻyilishi kerakligi taʼkidlandi.
Oʻzbekiston va Nikaragua bu sohalarda oʻzaro tajriba almashish, ilgʻor metodikalarni joriy etish hamda qoʻshma tadbirlar va loyihalarni amalga oshirish orqali hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar. Ushbu hamkorlik kelgusida ikki davlatning turizm salohiyati va qishloq xoʻjaligidagi samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Muloqot yakunida tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga boʻlgan intilishlarini bildirdilar. Bu uchrashuv ikki davlatning strategik hamkorlikni mustahkamlash borasidagi qadamlarini yangi bosqichga koʻtarishi, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.