Joriy yilning 1-oktyabr holatiga, respublikaning 60 dan ortiq vazirlik va idoralari hamda barcha tuman (shahar) hokimliklardagi 13 827 ta vakant lavozimlar boʻyicha tanlovlar eʼlon qilinib, jami 212 mingdan ziyod nomzod tomonidan tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirilgan.
Vazirlik va idoralar kesimida eng koʻp Davlat soliq qoʻmitasi tizimida 2 243 ta, Xalq taʼlimi vazirligi tizimida 1 915 ta va Moliya vazirligi tizimida 1 698 ta vakant lavozimlar uchun ochiq tanlovlar oʻtkazilgan.