Pensiya jamgʻarmasi tizimida hisobga olingan pensiya oluvchilarning 2016-yil 1-yanvar holatiga respublika boʻyicha bir oylik oʻrtacha pensiya miqdori 421 629 soʻm boʻlgan boʻlsa, 2021-yil 1-yanvar holatiga 812 568 soʻmga yetdi yoki oʻtgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining farmonlariga asosan pensiyalar miqdori 1,93 baravarga oshirildi.
Hududlar kesimida 2021-yil 1-yanvar holatiga bir oylik oʻrtacha pensiya miqdori quyidagicha:
🔹Toshkent shahrida - 1 130 804 soʻm,
🔹Navoiy viloyatida - 1 056 126 soʻm,
🔹Toshkent viloyatida - 897 625 soʻm,
🔹Buxoro viloyatida - 832 638 soʻm,
🔹Sirdaryo viloyatida - 824 130 soʻm,
🔹Qoraqalpogʻiston Respublikasida - 807 356 soʻm,
🔹Samarqand viloyatida - 790 325 soʻm,
🔹Xorazm viloyatida - 761 782 soʻm,
🔹Qashqadaryo viloyatida - 758 730 soʻm,
🔹Surxondaryo viloyatida - 737 790 soʻm,
🔹Fargʻona viloyatida - 730 112 soʻm,
🔹Jizzax viloyatida - 727 737 soʻm,
🔹Namangan viloyatida - 691 427 soʻm,
🔹Andijon viloyatida - 690 522 soʻm.