Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan qizlar oʻrtasidagi U-20 Osiyo kubogiga qurʼa tashlandi

    Sport 16 Dekabr 2023 1427

    Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan musobaqada mezbonlar “A” guruhida bahslarga kirishadi.

    Shu yilning 15-dekabr kuni futbol boʻyicha 20 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Osiyo chempionatiga qurʼa tashlandi.

    Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan musobaqada mezbonlar “A” guruhida bahslarga kirishadi.

    Guruh bosqichida oʻzbekistonlik qizlarga Janubiy Koreya, Avstraliya va Xitoy Taypeyi jamoalari raqiblik qiladi.

    “B” guruhidan esa Yaponiya, KXDR, Xitoy va Vetnam jamoalari oʻrin oldi.

    Maʼlumot uchun, U-20 Osiyo kubogi oʻyinlari 2024-yil 6-martdan 16-martga qadar oʻtkaziladi.

    Turnirda yarim finalga yoʻl olgan 4 ta jamoa kelgusi yil Kolumbiyada boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.