Unda mamlakatiimizdagi Sabzavotchilik, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining selektsiyachi olimlari ilk bor issiqxona sharoitida etishtiriladigan qalampirning mahalliy «Sharq marvaridi» navini etishtirganiga doir ma'lumotlar qalamga olingan.
Mahalliy tuproq-iqlim sharoiti uchun mos bo'lgan ushbu nav institutning olim-selektsionerlari, xususan, qishloq xo'jaligi fanlari doktorlari Nurbek Xushvaqtov va Rustam Nizomov tomonidan yaratilgani ma'lum qilingan.
Maqolada «Sharq marvaridi» qalampirning O'zbekistondagi issiqxonalarda etishtirishga moslashtirilgan birinchi mahalliy navi ekanligi, u virusli kasalliklarga juda chidamli va unumdor tuproqqa talabchanligi alohida ta'kidlangan.
«Gektariga 24-25,5 tonna hosil, har bir tupdan 45-50 dona meva beradigan «hHarq marvaridlari»ni yilning istalgan vaqtida etishtirish va bu ovqatlanish uchun ajoyib tanlovdir», deb yozadi «East-Fruit.com» axborot-tahlil portali.