Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi Texnologiyalar transferi boshqarma boshligʻi Jamoliddin Babaxanovga tayanib vazirlik axborot xizmati maʼlum qildi.

"Kanada-Slovakiya kompaniyasi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda saraton kasalligini erta bosqichda antitanachalar orqali aniqlash amaliyotini yoʻlga qoʻyishi kutilmoqda.

Oʻzbekistonda kimdir saratonni erta aniqlamoqchi boʻlsa, qon topshiradi, qon maxsus laboratoriyaga joʻnatiladi va qoʻshni mamlakatlarga joʻnatiladi. Va uni aniqlash uchun taxminan 2 oy vaqt ketadi", dedi u.

Saratonni erta aniqlash uchun nafaqat vaqt, balki mablagʻ ham sarflanishi tabiiy. Babaxanovning qayd etishicha, ushbu texnologiya transferi oʻzbekistonliklar uchun 4 barobar arzonga tushadi va javobni 2 haftada olish imkonini beradi.

“Bu kabi amaliyot Oʻzbekistonda boʻlmagani uchun aholi 2 million soʻm atrofida xarajat qilishiga toʻgʻri keladi. Agar amaliyot Oʻzbekistonda yoʻlga qoʻyilsa, 500 ming soʻm, yaʼni 4 barobar arzonga tushadi”, dedi Babaxanov Jamoliddin.