Qonunga muvofiq, ayrim litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan ruxsatnoma va xabardor qilish orqali shugʻullanishga ruxsat berilgani munosabati bilan bir qator qonunlarda litsenziya talabi bekor qilingan.

Unga koʻra, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunda farmatsevtika faoliyatining quyidagi yoʻnalishlariga litsenziya olish talab qilinmasligi belgilandi:

tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, ulgurji realizatsiya qilish;

dori vositalari va tibbiy buyumlarni yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari;

dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish;

dorivor oʻsimlik xom ashyosini qadoqlash va ulgurji sotish.

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni bilan Oʻzbekistonda 2021-yil 1-yanvardan boshlab 17 ta litsenziya va 14 ta ruxsatnomalar xabardor qilish tartibi joriy etilishi yoʻli bilan bekor qilingandi.