Oʻzbekistonda urush vaqti bedarak yoʻqolgan jangchining yaqinlarini izlayapti

    Dolzarb 12 Avgust 2021 1517

    U Hasan Aminov, 1915-yilda tugʻilgan. Vafot etgan vaqti u 27 yoshda boʻlgan. Jangchi endi, oʻlimidan 79 yil keyin topildi.

    Moskvadagi “Pioner” deb nomlanuvchi qidiruv guruhi oʻzining Instagram tarmogʻidagi akkauntida ushbu noyob topilma haqidagi axborotni joylagan.

    Bir necha kun avval Rjev chekkasida izlovchilar guruhi 1942-yildan beri bedarak yoʻqolgan deb hisoblanib yurgan oʻzbekistonlik jangchining jasadini topib olgan. Jangchida qoʻlda bitilgan yozuvi bor medalyon saqlangan ekan. U yer tagida sal kam 80 yil yotgan. Shuning uchun undagi yozuvni oʻqish oson boʻlmagan. Lekin qidiruvchilar kompyuter yordamida aql bovar qilmaydigan ishni bajargan: ular bedarak yoʻqolgan qahramonning ismi-sharifini tiklashga muvaffaq boʻlgan.

    Yozuvda shuningdek jangchining rafiqasining familiyasi ham bor ekan. Qahramonimizning bevasining familiyasi Tadjiyeva ekan.

    Hozir “Pioner” nomli qidiruv guruhi jangchining Oʻzbekistondagi yaqinlarini topish boʻyicha keng miqyosdagi ishlarni boshlab yuborgan. Ular oʻzbekistonliklardan vafot etgan qahramon haqida maʼlumotlarni tarqatishda yordam soʻraydi, deb xabar beradi Sputnik.