Toʻliq emlanganlik darajasi boʻyicha hududlar kesimida reyting:
Foizlar hudud aholi soniga nisbatan olingan. Namangan aholisi oldinda ketyapti. Ayni paytda namanganliklarning 7.8 foizi toʻliq emlangan (137.404 nafar).
Keyingi oʻrinlarda Andijon 6.6% (130.994 nafar), Fargʻona viloyati 6.3% (155.511 nafar) koʻrsatkich bilan turibdi.
Jizzaxliklarning 6.4% i (54.256 nafar) toʻliq emlangan. Toshkent shahri 5.4% (102.261 nafar), Xorazm viloyati 5.2% (63.469 nafar) aholisi vaksinaning hamma dozasini olgan.
Toʻliq emlanganlik darajasi boʻyicha eng past koʻrsatkich Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida. Aholi soniga nisbatan 3.7 % ni tashkil qilyapti.
Tabiiyki, vaksinalar tanlovi koʻpaysa, targʻibot kuchaytirilsa, vaksinatsiya jarayoni tezlashadi.
@gazetauz ning yozishicha, Oʻzbekistonga yana 17,9 mln doza vaksina yetib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning Olmaliq shahrida “Jurabek Laboratories” korxonasiga tashrifi davomida maʼlum qilingan. Moderna — 3 mln doza; Pfizer/Bio N Tech — 1,2 mln doza; ZF-UZ-VAC-2001 — 12 mln doza, Sputnik V — 1,7 mln doza.
Jurabek Laboratories korxonasida tez orada Sputnik V vaksinasi ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.
Oʻzbekiston noyabr oyigacha aholining 70% toʻliq emlanishini istiqboldagi reja sifatida koʻrmoqda.