Xalqaro koʻrgazma va yarmarkalarni tashkil etish doirasida quyidagi talablar belgilangan:

- tashkilotchi Respublika hududida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini shartnoma asosida jalb qilgan holda tashkil etilayotgan tadbirlarning barcha bosqichlarida epidemiologik tartiblarga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlashi shart;

- barcha tadbir ishtirokchilaridan himoya niqobi yoki respirator taqishlari talab qilinadi;

- tadbirga kirishda barcha ishtirokchilar pirometrlar yordamida haroratni oʻlchash jarayonidan oʻtishi talab etiladi, yuqori harorat yoki yuqumli kasalliklar belgilari boʻlgan shaxslarga tadbirda qatnashishga ruxsat berilmaydi;

- ekspozitsiyalar orasidagi masofa kengligi kamida 3 metr boʻlishi kerak;

- tadbir oʻtkazish joylarida shamollatish tizimlari kirayotgan havoning chiqayotganidan ustunligini taʼminlashi kerak.

Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yilning 23-martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq Respublikada barcha turdagi ommaviy tadbirlar toʻxtatilgan edi.