U faoliyatini 1989-yili tashkil etilgan "Qars" guruhida boshlagan. 1985-yil Germaniya o‘tkazilgan "Yoshlar festivalida", 1989-yili Olmaotada tashkil etilgan "Osiyo ovozi" ko‘rik-tanlovida Grand-Prini qo‘lga kiritgan. 1991-yildan buyon yakkaxon ijod qilayotgan xonanda 1993-yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan.

"Chipradalli", "Kovushim", "Yor-yor yoron-ey", "Biyo-biyo", "Xayol", "Mana shunaqa" kabi qo‘shiqlari bilan tanilgan.