Tadbir davomida spikerlar tomonidan yashil iqtisodiyotning mohiyati, roli, afzalliklari, tabiiy resurslardan samarali foydalanishda Germaniya va Yevropa davlatlarida yaratilgan natijalar, ekologik barqarorlik va inson hayoti farovonligini ta’minlash, shuningdek, rivojlanishda “Yashil” iqtisodiyotdan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar muhokama qilindi.
Umumiy plenar yig‘ilish va 4ta ishchi bo‘limdan iborat bo‘lgan anjumanda “Markaziy Osiyoda barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish”, “Xatarlarni boshqarishda raqamlashtirishning roli va iqlim o‘zgarishida resurslardan foydalanish samaradorligi”, “Yashil iqtisodiyot nuqtai nazaridan suv va energiyadan barqaror foydalanish” hamda “Iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik barqarorlikni ta’minlash” mavzularida chiqishlar taqdim etildi.