Oʻzbekistonda yillik daromadi 1 trillion soʻmdan oshgan 142 nafar “chempion” tadbirkorlar paydo boʻldi

    Hukumat 20 Dekabr 2024 1236

    Mamlakatimizda 5 mingdan ziyod ishchisi bor, yillik daromadi 1 trillion soʻmdan oshgan, kamida 100 milliard soʻm soliq toʻlayotgan 142 nafar “chempion” tadbirkorlar paydo boʻldi.

    Bu korxonalar eng ilgʻor texnologiyalar va yangicha boshqaruvni joriy etgan, oʻzlari arzon resurs olib kelayapti, kredit va soliqni oʻz vaqtida toʻlayapti, muddati oʻtgan qarzi yoʻq.

    Muhimi, ular har kuni yangilikka intilib, izlanishdan toʻxtamayapti. Ular koʻp tarmoqli korporatsiyaga aylanib, yondosh sohalar rivojiga ham katta hissa qoʻshayapti.

    Prezident boshqa salohiyatli tadbirkorlarni ham qoʻllab-quvvatlab, “chempion” tadbirkorlarni koʻpaytirish kerakligini taʼkidladi.

    Bunday tadbirkorlarga yer va binoni toʻgʻridan-toʻgʻri berish, davlat korxonalarini ham uzoq muddatga boshqaruvga topshirish, harbiy sanoat, dronlar ishlab chiqarish, IT va sunʼiy intellektni keng rivojlantirishda ular bilan manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish mumkinligi qayd etildi.