Unda ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlarini aniqlash, yangi raqamli yechimlar yaratish va Oʻzbekistonda kreativ sanoatni rivojlantirish boʻyicha istiqbolli yoʻnalishlarni belgilash masalalariga eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv avvalida kompaniya faoliyati haqida kengaytirilgan taqdimot oʻtkazildi. Unda kompaniyaning global miqyosdagi tajribasi va YouTube platformasidagi kreativ va biznes faoliyatni qanday rivojlantirish borasida muvaffaqiyatli strategiyalar taqdim etildi.
Shuningdek, kompaniya kreativ iqtisodiyotning boshqa sohalariga ham katta eʼtibor berib, raqamli kontent yaratish va tarqatishda yangi yondashuvlarni ishlab chiqish ustida ishlar olib borilayotgani taʼkidlandi.
Oʻzbekistondagi raqamli texnologiyalar va ijodiy iqtisodiyotning salohiyatini oshirish, shuningdek, platformaning yangi yondashuvlarini oʻrganish, Oʻzbekistonda YouTube kabi platformalarni yanada rivojlantirish uchun kerakli huquqiy va texnologik infratuzilma yaratish masalalari ham muhokama qilindi.
Bundan tashqari, kreativ soha vakillarini qoʻllab-quvvatlash va ular uchun raqamli xizmatlar yaratish masalalari koʻrib chiqildi. Raqamli texnologiyalarni sohalarga ham keng joriy qilish Oʻzbekistonda yangi ish oʻrinlari va innovatsion loyihalar yaratishga yordam berishi taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro hamkorlikni kengaytirish va kreativ iqtisodiyot sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish boʻyicha kelajakdagi rejalari haqida fikr almashdi. Kelgusida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish uchun aniq qadamlar belgilandi.