Bu haqda mamlakatimizning Janubiy Koreyadagi elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchisi Alisher Abdusalomov va Koreya Respublikasi isteʼmolchilar agentligining xalqaro hamkorlik guruhi rahbari Kim Chon Xyon oʻrtasida oʻtkazilgan uchrashuvda maʼlum qilindi.

Tadbirda Koreya Respublikasi isteʼmolchilar agentligi tomonidan taklif etilayotgan “Oʻzbekistonda isteʼmolchilar huquqini himoya qilish tizimini takomillashtirish” (“Improving and Specializing Consumer Affairs in Uzbekistan”) loyihasi xususida fikr almashildi.

Mazkur agentlik vakillari Janubiy Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish, jumladan isteʼmolchilar siyosati boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha loyihani amalga oshirish ustida ish olib borilayotganligini maʼlum qildi. Loyiha grant mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.

Muloqotda 2013-yildan buyon Koreya Respublikasi isteʼmolchilar agentligi va KOICA bilan hamkorlikda kadrlar almashinuvi boʻyicha turli dasturlar, jumladan, taklifnoma asosida Oʻzbekistonda mutasaddi vazirlik va idoralar xodimlari uchun davlat boshqaruvi boʻyicha oʻquv dasturlarini amalga oshirib kelinayotganligi qayd etildi.

Shuningdek, Koreya Respublikasi isteʼmolchilar agentligi vakillari tomonidan joriy yil iyun oyida jamoatchilik bilan aloqalarga bagʻishlangan onlayn-konferensiya oʻtkazilib,unda Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi bilan isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida oʻzaro anglashuv Memorandumini imzolash rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi matbuot xizmati.