Joriy yilning 6-may kuni Millatlararo minosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi Oʻzbekiston milliy universitetining “Amaliy etnologiya” laboratoriyasi bilan hamkorlikda “Oʻzbekistondagi milliy-etnik diasporalarning anʼanalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Seminar ishi oflayn va onlayn shaklida olib borildi.
Tadbirda Millatlararo minosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi rahbariyati va mutasadi xodimlari, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi, OʻzMU tarkibidagi “Amaliy etnologiya” laboratoriyasi, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Andijon davlat mashinasozilk instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi professor-oʻqituvchi va olimlari ishtirok etdi.
Maʼlumki, bagʻrikenglik oʻzbek xalqi maʼnaviyati va madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Yurtimizda nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohalar, balki zaminimizda istiqomat qilib kelayotgan turli millat va elatlar oʻrtasida doʻstlik rishtalarini yanada mustahkamlash, diniy bagʻrikenglik tamoyillarini qaror toptirishga ham alohida eʼtibor qaratib kelinadi. Tadbirda ayni jihatlarga urgʻu berildi. Shuningdek, Oʻzbekistonda turli millat va elatlar, diniy konfessiyalar vakillari oʻrtasidagi ahil-inoqlik, hamjihatlikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, tinchlik-osoyishtalik, barqarorlikni saqlash yoʻlida olib borilayotgan oqilona islohotlar, amaliy chora-tadbirlar haqida soʻz yuritildi.
Tadbirda Millatlararo minosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi rahbariyati va mutasadi xodimlari, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi, OʻzMU tarkibidagi “Amaliy etnologiya” laboratoriyasi, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Andijon davlat mashinasozilk instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi professor-oʻqituvchi va olimlari shuningdek, yurtimizda faoliyat yurituvchi milliy madaniy markazlar raislari va faollari ishtirok etdi.
Seminarda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Azamat Toshev oʻzining maʼruzasida yurtimizdagi millatlararo totuvlik va bagʻrikenglikni taʼminlash, doʻstlik muhitini va koʻpmillatli yagona oila tuygʻusini mustahkamlashga qaratilgan davlat siyosati Prezidentimiz boshchiligida millatlararo munosabatlarni taʼminlashga qaratilgan ishlar xususida batafsil maʼlumot berdi.
“Amaliy etnologiya” laboratoriyasi rahbari, tarix fanlari doktori Saodat Davlatovaning “Tatarlarning etnografiyasiga oid baʼzi maʼlumotlar” mavzusidagi maʼruzasi seminar ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotdi.
Tadbirda soʻzga chiqqan ekspertlar tomonidan “Greklar: tarix va madaniy anʼanalar”, “Qoraqalpoqlarning anʼanaviy va zamonaviy etnointegratsiyasi Fargʻona vodiysi misolida”, “Oʻzbekiston armanlarining nikoh marosimlarida milliy qadriyatlarning oʻrni”, “Oʻzbekiston arablarining etnomadaniy oʻzlikni anglashi”, “Qoraqalpoqlar turmush tarzida qadimgi diniy eʼtiqod izlari” kabi mavzularda maʼruzalar oʻqilib, ishtirokchilar tomonidan taklif hamda mulohazalar bildirildi.
Millatlararo munosabatlar boʻyicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi rahbari Saodat Davlatova:
— Boʻlib oʻtayotgan seminar respublika miqyosidagi tadbir. Tadbir mamlakatimizda yashayotgan millat va elatlarning tili, dini, urf-odatlari, madaniyati va tarixi, turmush tarzini bugungi kunda qanchalik saqlanib qolganligini muhokamasiga bagʻishlangan. Biz doimiy tarzda respublikamizda faoliyat olib borayotgan etnolog antropologlar bilan hamkorlik qilib kelamiz. Maqsadimiz bugungi kunda koʻpmillatlilik gʻoyasi ostida Yangi Oʻzbekistonda yashayotgan 130 dan ortiq millat va elatlarning oʻzaro birdamligi, ular oʻrtasida doʻstlik aloqalarini mustahkamlash, anʼanalarini qay darajada saqlab qolganligi, kelgusi avlodga yetkazish seminarning asosiy maqsadi. Seminarda turli taklif va tafsiyalar oʻrtaga tashlanadi va kelgusida amalga oshiriladigan rejalar belgilab olinadi.
Seminar respublikamizda yashovchi millat va elatlarning tarixiy merosini, milliy madaniy qadriyatlariga izzat-hurmat muhitini saqlash, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash, shuningdek yoshlarni vatanparvarlik va ona-Vatanga mehr-muhabbat, koʻp millatli Oʻzbekiston xalqining tarixiy oʻtmishi va anʼanalariga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi