Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va Isroil davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi eduard Shapira bilan bo‘lgan uchrashuvida ma'lum qilindi.
"Isroil elchixonasi pandemiya paytida turistik oqim darajasini tiklash uchun barcha choralarni ko‘rishga tayyor", deyiladi xabarda.
Uchrashuv davomida Isroil vakillari O‘zbekistonda sayyohlar uchun ishlab chiqilgan sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning yangi tizimi bilan tanishtirildi.
Ma'lumki, Isroil O‘zbekistonga kelganida yashil parvozlar tashkil etiladigan va ularning yo‘lovchilariga karantin qilinmaydigan barqaror sanitariya-epidemiologik vaziyatga ega davlatlar guruhiga kiritilgan. Aziz Abduhakimov O‘zbekiston tomoni ikki tomonlama sayyohlik almashinuvini tiklash, ikki mamlakat o‘rtasidagi xalqaro sayohatlar tiklangan taqdirda isroillik sayyohlar uchun maksimal qulaylik va xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha ishlarni boshlash mumkinligini aytib o‘tdi.